Alisher Temirov Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim bilan uchrashdi

02.12.2024 36

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida, muassasa direktori Alisher Temirov, Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim bilan uchrashdi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13-18-oktyabr Markaz direktori bochshiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻtkazilgan ICDRA - Dori vositalarini nazorat qiluvchi organlarning 19-xalqaro konferensiyasida ishtirok etgan edi. Mazkur anjuman doirasida CDSCO - Hindiston regulyator organi bilan bir qator yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokalar oʻtkazilgandi.

Elchi Smita Pant xonim bilan markazda boʻlib oʻtgan uchrashuvda yuqoridagi masalalar yuzasidan muzokaralarning yakuniy bosqichi hamda Oʻzbekiston va Hindiston farmatsevtika sohasida dori vositalarining sifat va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.